среда, 5 ноября 2014 г.

Healthy mouth and teeth

Og‘iz va tishlar

Bilasizmi, og‘zingiz hatto siz gapirmayotganda ham gapiradi? Qanchalik g‘alati tuyulmasin, bu haqiqat. Sizning og‘iz va tishlaringiz boshqa odamlarga siz haqingizda gapirishi mumkin. Toza tish va nafas sizning sog‘lom turmush tarzi haqida bilishingiz va uni qo‘llashingizdan darak beradi. Tish va og‘zingiz qanday qilib gapirmasdan turib xabar beradi? Tishlaringiz parvarishi kunlik ishga aylanishi kerak. Bu darsda shu ishlarni qanday qilish yozilgan.

Og‘iz funksiyalari

Sizning og‘zingiz, tishlaringiz va tilingiz tananing murakkab tizimini tashkil etadi. Bu tizim ayrim juda muhim vazifalarni bajaradi.
·         Degustatsiya. Ta’m sezadigan tilning hududi ta’m sezish retseptorlari deyiladi. Ovqat tilga teyganda, uning shirin, nordon, sho‘r yoki achchiqligi haqida miyaga xabar boradi.
·         Xazm qilish. Tishlaringiz va so‘lak ovqatni parchalashda birga ishlashaydi. Tishlar ovqatni maydalaydi va ezadi, keyin so‘lak uni eritadi. Ovqat oshqozonga o‘tishga tayyor bo‘ladi.
·         Nutq. Unli va unsiz tovushlar til, lab, tish va og‘izning boshqa qismlarining aniq joylashishidan kelib chiqadi. Buning qanchalik muhimligini aniqlash uchun, tilingizni ishlatmasdan, tishlaringiz yordamida gapirishga harakat qilib ko‘ring.

Tishlaringiz

Ovqatni maydalashdan tashqari tishlar og‘iz shaklini berib turadi. Hamda, yuzdagi mushaklar bilan birga ishlab, yuzingizdagi tabassumni yaralishida ishtirok etadi.
Tishlar paradonta yordamida ushlab turiladi. Bu jag‘ suyagi, milk va ularni birlashtirib turadigan bog‘lamlardan iborat strukturadir. Har bir tish 3ta qismdan iborat: Ko‘zga ko‘rininb turadigan qism – koronka, ildiz – millkni ichidagi qism, va shular orasidagi bo‘yindan iborat.
Har bir tish quyidagi hujayralar guruhi – to‘qimalardan ibborat
·         Pulpa – yumshoq, sezgir to‘qima, tish ildizida nerv va qon tomirlaridan tarkib topgan.
·         Dentin – pulpani o‘rab turuvchi, suyakdan tashkil topgan qism.
·         Sement – tish ildizini o‘rab turuvchi ingichka suyak.
·         Emal - kronani o‘rab turadigan qattiq materialdan tashkil topgan qism.
Har bir tishni ichida nerv va qon tomir hujayralari bor. Tishning sog‘lom o‘sishi uchun qon tomirlar kislorod va oziq moddalari olib keladi.

Tish turlari

Sizda jami 32ta tish bor, har birini nomi va vaziasi bor. Kurak tishlari oldinda va markazda joylashgan, ular ovqatni chaynash uchun kesib va uzib beradi. Kurak tishlar og‘izning tepa va pastki qismida joylashgan. 4ta o‘tkir qoziq tishlar kurak tishlari yonida joylashgan. Ular ovqatni ushlaydi va bo‘laklaydi. Premolyar va molyar qisqa tishlar bo‘lib (stubbier teeth to the sides and book of the mouth). Ular katta ish qiladi, ovqatni chaynaydi va maydalaydi.

Karies qanday kelib chiqadi?

Tishlar doimo havo, ovqat va bakteriyalar ta’siriga uchraydi. Shu omillar tufayli sizning tishlaringiz karies uchun yengil mo‘ljalga (мишень) aylanadi. Blyashka deb nomlanadigan yopishqoq plenka tishda doimiy ravishda paydo bo‘lib turadi. Karash (налёт) og‘izda yashaydigan bakteriyalardan tashkil topgan yopishqoq, shaffof, yumshoq qavatdir. Karash ovqat bilan yeydigan shakar bilan birga kislota hosil qiladi. Bu kislota emalni yemiradi va milklarni og‘ritadi.
Tishni normal yuvish karash bilan kurashishga yordam beradi. Agar karashni bir yoki undan ko‘p vaqtga tozalamasdan qoldirilsa – tish toshlari deb nomlanuvchi qattiq modda paydo bo‘ladi. Tish toshlari paydo bo‘lgandan keyin tishni yuvishning o‘zi yetarli bo‘lmaydi.
Blyashka yoki karash tagida emalga teshik orqali kislota o‘tganda kariyes boshlanadi. Kariyes dentinga, so‘ng pulpaga tarqaladi va nervni zararlaydi. Nervga havo kirishi tishingizni og‘ritadi. Kariyesni stomatologda davolatmasa, tish atrofidagi suyak kavaklarida yiring to‘planib qoladi. Bu huddi absesga o‘xshab juda og‘riqli xolat.

Og‘izning boshqa muammolari

Sizniing milklaringini bakterialar ham juhum qilishi mumkin. Milk kasalligi bu gingvit. Buni blyashkalar yoki tishlar orasida qolib ketgan ovqatlar keltirib chiqarishi mumkin. Milklar ishib ketishi va qonashi mumkin. Gingvitni stomatolog ko‘rik vaqtida aniqlab qolishi mumkin.
Gingivit prikus noto‘g‘riligidan ham kelib chiqishi mumkin. Bu shunday xolatki, unda tishlar bir birini ustiga to‘g‘ri tushmaydi. Noto‘g‘ri prikus bilan juda ko‘p odam tu‘giladi. Gapirishga yoki ovqat yeyishga xalaqit qilsa breketlar ishlatilishi mumkin. Prikus noto‘g‘riligini davolaydigan stomatolog vrach – Ortodontdir.

Tishlaringiz bo‘yicha g‘amxo‘rlik

AQSh stomtologlari yoshlar or‘tasida kariyes kamaygani haqida xaber berishdi. Ayrimlar esa, AQShda 20 yil ichida kariyes umuman yo‘qolib ketadi degan taxmin qilishmoqda.  Quyidagi stomotologiya qoidalariga rioya qilib, qoidalariga ushbu statistikaning bir qismi bo‘lishingiz mumkin.
·         Tishni yuvish. Yumshoq yoki o‘rta-yumshoq shetka yordamida karashni tozalash uchun tshingizni yuving. Ovqat yegandan keyin qancha marta yuvolsangiz, shuncha marta yuving.
·         Ftor. Kariyes va karashga qarshi kurashishda ftorni foydasi bor deb topilgan. Hozirda tish pastalarining 90%dan ko‘pida ftor bor. Ko‘p joylarda ftor ichimlik suviga qo‘shiladi.
·         Tish ipchalari. Tishlar orasini tozalash uchun tish ipchalari deb nomlanuvchi maxsus iplardan foydalaning. Tish ipchalari shetka yetib bora olmaydigan ovqat qoldiqlarini ham tozalay oladi.
·         Oполаскиватели. Agar siz og‘izni tozalashda  ополаскивател’lardan foydalansangiz, karashni kamaytiradigan va bakteriyalarni o‘ldiriradiganidan tanlang.

Stomatologning roli

Siz va Sizning stomatologingiz tishlar parvarishida sherik hisoblanasizlar. Siz tishlaringizni yuvib, ipchalar bilan tozalab va diyeta saqlab tishlaringizga yordam bersangiz, stomatolog mutaxassisligi bo‘yicha yordam beradi. Doimiy ko‘rik vaqtida stomatolog kariyes va milk kasalliklari belgilarini topishi mumkin. U tishingizda to‘plangan toshlarni olib tashlash uchun uni tozalaydi. Tishlarni rentgen qilish ko‘zga ko‘rinmaydigan tish muammolarini topishga yordam beradi. Bundan tashqari, Gigiyenist-stomatolog sizni tishlaringiz yaxshilab tozalab qo‘yadi va qanday tozalash kerakligini o‘rgatadi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий